“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi

Hujjat ikki davlat o‘rtasida dori vositalari markirovka kodlarini o‘zaro tan olishni nazarda tutadi

“Innoprom”’da Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida dori vositalari yetkazib berishni soddalashtirish boʻyicha asosiy hujjat imzolandi

Bu Rossiya va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda muhim qadamdir.

Bu qadam 2024-yil 9-sentyabrda Toshkentda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan kelishuvning davomi hisoblanadi. Hujjat Rossiyaning “Chestniy znak” markirovkalash tizimi va O‘zbekistonning ASL BELGISI tizimi o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini nazarda tutadi. Bu mamlakatlarimiz o‘rtasida dorilarni yetkazib berishni sezilarli darajada osonlashtiradi, – deya izoh berdi CRPT direktorlar kengashi a’zosi Aleksandr Demyanov.

Markirovka tizimi operatorlari axborot hamkorligi reglamentini ishlab chiqdilar: unda ma’lumotlar almashish tartibi va muddatlari, uzatiladigan ma’lumotlar tarkibi belgilangan. “Innoprom”da hujjatning texnik, yakuniy qismi imzolandi. Imzolash kodlarni o‘zaro tan olish mexanizmining to‘liq amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Hujjat 2025-yil 1-maydan kuchga kiradi. Bu Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim voqeadir. Markirovka kodlarini o‘zaro tan olish nafaqat logistika va dori vositalarini yetkazib berishni soddalashtiradi, balki ikki mamlakat farmatsevtika bozoriga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, – dedi CRPT TURON bosh direktori Anatoliy Bachikalov.

Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi (ITRM yoki CRPT) operatori bo‘lgan “Chestniy Znak” davlat markirovka tizimi Rossiyada 2019-yildan boshlab bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Uning maqsadi bozorda mahsulotlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishdir. Bugungi kunda markirovka 27 ta tovar guruhini qamrab oladi, yana 13 tasida bepul ixtiyoriy tajribalar o‘tkazilmoqda

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi
/
«Innoprom»da prezident Shavkat Mirziyoyevga turli mamlakatlardagi raqamli markirovkaning ish faoliyati taqdim etildi
Raqobat qo‘mitasi 4 ta turoperatorga noqonuniy reklama joylashtirgani yuzasidan moliyaviy jarima qo‘lladi
/
Raqobat qo‘mitasi 4 ta turoperatorga noqonuniy reklama joylashtirgani yuzasidan moliyaviy jarima qo‘lladi
IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni 7-maygacha to‘xtatdi
/
IndiGo aviakompaniyasi Toshkentga parvozlarni 7-maygacha to‘xtatdi