Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishni taklif qildi

Xususan, kompaniyalarga ma’lumotlarni kredit byurolariga uzatish va shartnomalar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni oshkor qilish majburiyatini yuklanadi

Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini davlat tomonidan tartibga solishni taklif qildi

Markaziy bank muddatli to‘lovlar bozorini (BNPL) davlat tomonidan tartibga solishni joriy etish tashabbusini ilgari surdi. Bu haqda Markaziy bank rahbari Timur Ishmetov 26-iyun kuni Senatning yalpi majlisida ma’lum qildi. Ushbu majlisda Markaziy bankning 2024-yilgi hisoboti ko‘rib chiqildi.

Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, muddatli to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 8,5 trln so‘mga yetgan. Bu summaning 67% i tadbirkorlik subyektlariga, 26%i mikromoliyaviy tashkilotlarga va 7%i tijorat banklariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, Ishmetovning ta’kidlashicha, shartnomalarning ko‘pchiligida ortiqcha to‘lov va haqiqiy samarali foiz stavkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud emas. Bu holat qarz yukining oshishiga va muammoli kreditlar ulushining ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

Markaziy bank raisi joriy talablarga ko‘ra qarz oluvchining qarz yuki darajasi 50% dan oshmasligi lozimligini ta’kidladi. Biroq, bo‘lib to‘lash shartnomalari aksariyati kredit byurolarida qayd etilmagani sababli, banklar yangi qarzlar berishda to‘liq holatni ko‘ra olmaydilar. Natijada me’yorlar buziladi va iqtisodiyotdagi qarz yuki o‘sishda davom etadi.

Markaziy bank qonunchilikda bo‘lib to‘lash to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kredit byurolariga topshirish majburiyatini va ortiqcha to‘lovlar haqidagi ma’lumotlarni oshkor etish talablarini belgilashni taklif etmoqda. Ishmetov ta’kidlashicha, tashabbus maqsadi bozor ishtirokchilarini cheklash emas, balki shaffoflikni oshirish va fuqarolar uchun moliyaviy xatarlarni kamaytirishdir.

 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan Airways” ikkita Airbus A321neo samolyotini sotib oladi
/
“Uzbekistan Airways” ikkita Airbus A321neo samolyotini sotib oladi
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning narxi pasaytirilishi bilan 80 mlrd so‘m tejaldi
/
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlarning narxi pasaytirilishi bilan 80 mlrd so‘m tejaldi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun qimmatlashmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun qimmatlashmoqda