Mozori-Sharifda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi

Filial yil yakunigacha ishga tushirilib, 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi

Mozori-Sharifda O‘zbekiston Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 25-oktabr kuni Samarqandda o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyat kompaniyalarining qo‘shni bozorlarga chiqishi sekin ketayotgani qayd etildi.

Yig‘ilishda aytilishicha, Urgut tumani yiliga $40 mlnlik sanoat mahsulotlarini eksport qilmoqda. Tumanda yiliga $350 mlnlik sanoat mahsuloti chiqishi hisobga olinsa, bu juda kam ekani ta’kidlandi.

Suriya, Iroq va Afg‘onistonning o‘zida $30 mlrdlik elektrotexnika, tekstil, oziq-ovqat, avtomobil, farmatsevtika va qurilish materiallariga ehtiyoj bor.

Lekin bu bozorlarga jadal kirib borish bo‘yicha na tarmoq rahbarlari, na hokimlar haligacha tayinli natija ko‘rsatmayapti, dedi prezident

Shu bois yil yakunigacha Afg‘onistonni Mozori-Sharif shahrida Tovar-xomashyo birjasi filiali ochiladi va kamida 100 turdagi mahalliy mahsulotlarni sotish yo‘lga qo‘yiladi.

Keyingi yildan Savdo-sanoat palatasining Iroqda 3 nafar, Suriyada 2 nafar savdo maslahatchilari ish boshlashi rejalashtirilmoqda. Iroqning eng yirik 100 ta tadbirkorlarini Samarqandga taklif qilib, “O‘zbekiston-Iroq” biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

2026-yili viloyatda 70 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va sanoatda 25 ming ish o‘rni yaratish reja qilindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 2026-yilda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin
/
O‘zbekistonda 2026-yilda kartoshka chipslari uchun aksiz solig‘i joriy etilishi mumkin
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
/
S&P yil oxiriga qadar dollar 12 050 so‘m darajasida qolishini prognoz qilmoqda
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Yil oxirigacha Samarqanddan Urgutga temir yo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yiladi