Toshkent to’rt yildan so’ng yana Moskvaga poyezdlarni ishga tushirdi
Poyezdlar haftada bir marta qatnaydi

Фото: Министерство транспорта
Joriy yilning 24 sentabridan boshlab haftada bir marta Toshkent — Moskva — Toshkent yo’nalishi bo’yicha yo’lovchi poyezdlari qatnay boshladi. Bu haqda transport vazirligi xabar bermoqda.
19:55 da “Toshkent-Markaziy” vokzalidan 505 — sonli “Toshkent-Moskva” poyezdi jo’nab ketdi, u 27 sentyabr kuni soat 23:12 da (Moskva vaqti bilan) Moskva “Paveletskiy” vokzaliga keladi.
28-sentabr kuni soat 05:40 da “Paveletskiy” vokzalidan 506-sonli qaytish poyezdi jo’nab ketadi va 1-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:25 da Toshkentga yetib keladi.
Shuningdek, “O’ztemiryo’lovchi”ushbu xalqaro reyslarga chegirmalar taklif qiladi: chiptalar qanchalik tez sotib olinsa, chegirma shunchalik yuqori bo’ladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ