“O’zbekiston temir yo’llari” yana Toshkent — Moskva poyezdlarini ishga tushiradi
Birinchi reys 24 sentyabrga rejalashtirilgan

2024-yil 24-sentabrdan boshlab “Toshkent — Moskva — Toshkent” yo’nalishi bo’yicha reyslar yo’lga qo’yiladi. Bu haqda “O’ztemiryo’lyo’lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Poyezdlar ushbu jadval bo’yicha poytaxtlardan jo’naydi:
Toshkentdan Moskvadan
24 sentyabr 28 sentyabr
2 oktyabr 6 oktyabr
10 oktyabr 14 oktyabr
26 oktyabr 30 oktyabr
2 noyabr 6 noyabr
18 noyabr 22 noyabr
26 noyabr 30 noyabr
4 dekabr 8 dekabr
12 dekabr
Toshkentdan poyezd soat 19:55 da jo’naydi va Moskvaga soat 23:12 da yetib keladi. Qarama-qarshi yo’nalishda jo’nash soat 5:40 da, kelish 8:23 da.
Safardan 45 kun oldin plaskart chiptasi narxi 2 456 360 so’mni, kupeda esa 3 328 370 so’mni tashkil etadi.
Yo’lovchilar ushbu yo’nalish uchun chiptalarni chegirma bilan sotib olishlari mumkin: chipta qanchalik oldin sotib olinsa, chegirma foizi shuncha yuqori bo’ladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ