O‘zbekiston 2025-yilda moliyaviy xizmatlar hajmi 30% ga oshiriladi

Shuningdek, onlayn kredit olish tartibini soddalashtiriladi

O‘zbekiston 2025-yilda moliyaviy xizmatlar hajmi 30% ga oshiriladi

O‘zbekiston 2025-yilda moliyaviy xizmatlar hajmini 30% ga oshirishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi

Bugun, 7-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2024 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2025 yil uchun asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili xususiy banklarda masofaviy xizmatdan foydalanuvchilar soni 32% ga oshgan bo‘lsa, davlat banklarida bor-yo‘g‘i 13% ga oshgan. 

Banklar joriy yilda masofaviy xizmat ko‘rsatishni kamida 30% ga o‘stirishi muhimligi ta’kidlandi. Misol uchun, kadastr, soliq, adliya idoralarining bazasi banklar axborot tizimiga integratsiya qilinsa, garovga qo‘yilgan mulkni notariusga borib, taqiq qo‘yish amaliyoti bekor bo‘ladi.

Mutasaddilarga onlayn kredit olish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
/
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda
/
Rossiya bozorida o‘zbek lift ishlab chiqaruvchilari to‘siqlarga duch kelmoqda