Biznesni “pul yo‘qolishi”dan qanday himoya qilish mumkin: moliyaviy nazoratning oddiy qoidalari

image
Farkhod Murodov

KSP moliyaviy direktori

Vakolatlarni taqsimlash, budget holders va aniq limitlar kompaniyalarga xatarlarni kamaytirish va xarajatlar shaffofligini ta’minlashga yordam beradi

Biznesni “pul yo‘qolishi”dan qanday himoya qilish mumkin: moliyaviy nazoratning oddiy qoidalari

Har qanday kompaniyada — kichik oilaviy biznesdan tortib yirik xoldinggacha — eng katta xavf bu mablag‘larning yo‘qolishi yoki maqsadsiz sarflanishidir. Bunday yo‘qotishlar ham oddiy xatolar, ham qasddan qilingan suiiste’mol natijasi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistonda ko‘plab kompaniyalar allaqachon boshqaruv hisobini, avtomatlashtirilgan tizimlarni va ichki reglamentlarni joriy qilmoqda. Biroq buning o‘zi yetarli emas. Aniq moliyaviy nazorat tizimisiz mablag‘lar ko‘zga tashlanmasdan yo‘qolishi mumkin.

  1. Funksiyalar va vakolatlarni ajrating
  • Bir xodim bir vaqtning o‘zida ham to‘lovni tasdiqlash, ham uni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak.
  • Xaridlar, buxgalteriya va g‘aznachilik — turli odamlar yoki bo‘limlar mas’uliyatida bo‘lishi zarur.
  • Yirik miqdordagi to‘lovlar uchun ikki bosqichli tasdiqlovni joriy qiling (masalan, direktor + moliya direktori).
  1. Budget holder tayinlang
  • Budget holder — bu aniq bo‘lim yoki loyihaning budjeti bajarilishi va nazorati uchun javobgar shaxs. U xarajatlarni faqat tasdiqlangan moddalar bo‘yicha amalga oshirilishini nazorat qiladi va har qanday og‘ishishlar bo‘yicha hisobot beradi.
  • Har bir budget holder o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aniq P&L va xarajat limitiga ega bo‘lishi kerak.
  • Moliya bo‘limi har oyda reja va haqiqiy ko‘rsatkichlarni har bir budget holder bilan taqqoslaydi.
  1. Budjet va limitlarni tasdiqlang
  • Yillik va choraklik budjetni xarajat moddalariga aniq taqsimlab ishlab chiqing.
  • Xarajat limitlarini ichki reglamentda belgilab qo‘ying.
  • Limitdan ortiq sarflar faqat rahbariyat tasdig‘i bilan amalga oshirilishi kerak.
  1. Boshqaruv hisobini joriy qiling
  • P&L, balans va Cash Flow hisobotlarini faqat soliq organlari uchun emas, ichki nazorat uchun ham yuriting.
  • Har oyda reja va amaliy natijalarni solishtirib tahlil qiling.
  • BI tizimlari yoki avtomatik hisobotlar bilan integratsiyalangan Google Sheets kabi vositalarni joriy etish maqsadga muvofiq.
  1. Majburiy taqqoslash hujjatini kiriting
  • Ta’minotchilar va mijozlar bilan kamida har chorakda bir marta hisob-kitoblarni taqqoslab tekshiruv o‘tkazing.
  • Valyuta operatsiyalari uchun alohida nazorat — kurslar va komissiyalarni kuzating.
  1. “Nol toqat” siyosati (nulevaya terpimost)
  • Mablag‘larning maqsadsiz sarflanishi uchun javobgarlikni mehnat shartnomalarida aniq belgilab qo‘ying.
  • Qoidalarni buzgan holatlarda intizomiy jazo choralarini joriy qiling.
  1. Investor yoki kredit mablag‘larini nazorat qilish

Agar investor, bank yoki obligatsiyalar orqali mablag‘ jalb qilingan bo‘lsa:

  • Mablag‘larni maqsadli sarf qilish uchun alohida hisob raqami oching.
  • Ularning xarajatlarini alohida hisobga olish tizimini joriy qiling.
  • Mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha har oyda to‘liq hisobot tayyorlang.

Moliiyaviy nazorat — bu faqat mablag‘larning o‘g‘irlanishidan himoya qilish vositasi emas. Bu kompaniya samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan muhim instrumentdir.

Budget holders tizimi, vakolatlarni ajratish, budjetlashtirish, avtomatizatsiya va audit — bularning barchasi kompaniyani maqsadsiz xarajatlardan himoya qiladi va investorlarga biznesingiz shaffofligi hamda ishonchliligi haqida aniq signal beradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Davlat xaridlari qayta ko‘rib chiqilmoqda: tizimni soddalashtirish va korrupsiyani kamaytirish bo‘yicha yangi rejalar
/
Davlat xaridlari qayta ko‘rib chiqilmoqda: tizimni soddalashtirish va korrupsiyani kamaytirish bo‘yicha yangi rejalar
Tilmoch AI: O‘zbek startapi turkiy tillarni birlashtirmoqda
/
Tilmoch AI: O‘zbek startapi turkiy tillarni birlashtirmoqda
Mustaqil direktorlar islohotlarning yuragi: O‘zbekistonda davlat korxonalari boshqaruvida yangi bosqich
/
Mustaqil direktorlar islohotlarning yuragi: O‘zbekistonda davlat korxonalari boshqaruvida yangi bosqich