O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston chorva mollari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

2029-yilgacha mamlakatga 1 mln boshgacha mayda shoxli chorva mollari olib kelinadi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston chorva mollari yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishdi

2025-yil 17-iyulda Prezident “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif chog‘ida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Dastur 2025-2026-yillarni qamrab oladi va quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:

Chorva mollarini import qilish va ko‘paytirish

2029-yilga kelib Mo‘g‘ulistondan keltirilayotgan mayda shoxli mollar sonini 1 mln boshga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘zda tutilgan: havo transportida tashish xarajatlarining 50% ini qoplash, QQS to‘lovini kechiktirish, 5 yil muddatga yillik 10% stavkada imtiyozli kreditlar ajratish hamda garov ta’minoti bo‘yicha yengilliklar berish.

Junni qayta ishlash va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish

Yil oxirigacha to‘qimachilik sanoati ehtiyojlari uchun markazlashgan tarzda mayin jun va kashmir olib kelinadi.

2026-yil oxirigacha o‘zbekistonlik mutaxassislarni Mo‘g‘ulistonda o‘qitgan holda junni qayta ishlash bo‘yicha yangi korxona tashkil etiladi.

Mahsulotlarni eksport qilish va rag‘batlantirish

Mo‘g‘ulistonga meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini 10 barobarga ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

Ulan-Batordagi savdo markazlarida “O‘zbekiston mahsulotlari” yarmarkalari hamda qo‘shma savdo uyi ochiladi.

Qo‘shma agrosanoat loyihalari

Mo‘g‘ulistonda 15 gektar maydonda O‘zbekistonning sovuqqa chidamli ko‘chatlari va tomchilatib sug‘orish texnologiyasidan foydalangan holda intensiv mevali bog‘ barpo etiladi.

Mazkur loyiha Agrosanoatni rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan ikki yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Hujjat 2025-yil 19-iyuldan kuchga kirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
/
Guliston shahridagi “Do‘stlik” kanali bo‘yida yirik savdo-ko‘ngilochar majmua barpo etiladi
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
/
Yangi tayinlangan hokimga Sirdaryoda investitsiya hajmini $3 mlrdga yetkazish vazifasi yuklatildi
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi
/
2026-yilda Sirdaryo tumanida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha $122 mlnlik loyiha ishga tushiriladi