Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi

Kompaniya, shuningdek, kunlik to‘lovga o‘tish haqida o‘z saytida e’lon joylashtirdi

Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirishdagi cheklovni olib tashladi

Mobiuz mobil aloqa operatori (UMS MJCH) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining ko‘rsatmasiga binoan “Mazza!” tarif rejasiga ulanish shartlarini o‘zgartirdi, deya xabar qildi qo‘mita matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, mazkur tarifga o‘tish faqat mobil ilova orqali amalga oshirilgan, bu esa iste’molchilar tanlov huquqini cheklash hamda ilovaga majburiy tarzda yo‘naltirish holatiga olib kelgan.

“Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari”ga muvofiq, mobil xizmatlar tarifikatsiyasi abonent holatini yomonlashtirmasligi va iste’molchi manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim.

Qo‘mita ko‘rsatmasiga asosan mazkur tarifga o‘tish imkoniyati mobil ilova bilan bir qatorda kompaniya ofislarida ham yaratildi va iste’molchilar bu haqda xabardor qilindi, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ko‘plab tariflarda oylik abonent to‘lovi uchun mablag‘ yetishmaganda avtomatik ravishda kunlik abonent to‘loviga o‘tish tartibi joriy etilgan. Biroq ushbu xizmatni mustaqil boshqarish (o‘chirish yoki faollashtirish) imkoniyati mavjud bo‘lishiga qaramay, ko‘plab abonentlar bu haqda xabardor emasligi qo‘mitaga kelib tushayotgan murojaatlar orqali ma’lum bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
/
Bloomberg: O‘zbekiston “MobiUz”ni $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
/
O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishda minimal muddati belgilandi
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi
/
O‘zbekistondan xalqaro logistikaga talab 89% ga oshdi