Mobiuz shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

Kompaniya hakerlik holati bo'lganini tasdiqladi, ammo mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmaganini bildirdi

Mobiuz shaxsiy ma’lumotlar sizib chiqishi haqidagi xabarlarga izoh berdi

O‘zbekistondagi mobil aloqa operatori Mobiuz hakerlar hujumiga uchradi.

Kompaniyaning mahalliy korporativ tarmog‘i buzib kirilib, mijozlarning rasmlari bilan birga shaxsiy ma’lumotlari, 3 mingga yaqin xodimning shaxsiy ma’lumotlari Dark Web’ga sizdirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Kompaniya matbuot xizmati hujum bo‘lganini tasdiqlab, fevral oyida xavfsizlik tizimlari monitoringi davomida kompaniyaning asosiy tizimlarga ulanmagan sinov serverlaridan biriga ruxsatsiz kirish aniqlanganini, server qo‘shimcha izolyatsiya qilinganini bildirdi.

Abonentlar haqidagi ma’lumotlar, ularning shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari saqlanadigan tizimlar to‘liq himoyalangan hududda joylashgan. U yerga hech qanday kirish izlari topilmadi. Xizmatlar faoliyati buzilmagan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqmagan, deya mijozlar  ma’lumotlari qo‘lga kiritilgani haqidagi xabarlar rad etildi.

​Qayd etilishicha, hozirda kompaniya mas’ul organlar bilan hamkorlikda hodisani batafsil tekshirishni davom ettirmoqda va axborot tizimlari himoyasini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirmoqda.

Mobiuz axborotida keltirilishicha, kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning maxsus bo‘linmasi zamonaviy dasturiy ta’minotdan foydalangan holda IT infratuzilmasini kecha-yu kunduz kuzatib bormoqda va kibertahdidlardan himoya qilmoqda. Birgina 2025-yilning o‘zida mutaxassislar tomonidan 10 mingdan ortiq turli darajadagi DDoS-hujumlar, shu jumladan, 180 dan ortiq jiddiy hujumlar muvaffaqiyatli qaytarildi. 68 mingdan ortiq fishing havolalari va firibgarlik saytlari bloklandi, tarmoq infratuzilmasiga ruxsatsiz kirishga bo‘lgan 3 ta urinishning oldi to‘liq olindi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sentabr oyidan boshlab elektromobil sotib olishda 16% gacha avtokredit ajratiladi
/
Sentabr oyidan boshlab elektromobil sotib olishda 16% gacha avtokredit ajratiladi
OKMK tenderlarida $200 mlnni yutgan xorijiy kompaniyalar bo‘yicha surishtiruv e’lon qilindi
/
OKMK tenderlarida $200 mlnni yutgan xorijiy kompaniyalar bo‘yicha surishtiruv e’lon qilindi
UzAuto Motors $350 mlnlik yevrobondlarni joylashtirdi
/
UzAuto Motors $350 mlnlik yevrobondlarni joylashtirdi