O‘zbekistonda bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi
Bojxona organlariga fuqarolar hujjatlaridagi texnik xatolarni mustaqil tuzatish vakolati berildi
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun tovarlarni deklaratsiyalash tartibi soddalashtirildi. Endilikda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini maxsus mobil ilova orqali elektron shaklda avtomatik rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qabul qilingan o‘zgartirishlarga muvofiq, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga qo‘shimchalar kiritilgan. Unga ko‘ra, hisobotlarni elektron shaklda avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyati yaratilgan.
Shuningdek, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida bojxona organlari xodimlariga deklaratsiyalarda yo‘l qo‘yilgan texnik kamchilik va xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etish huquqi berildi.
Ayni paytda ayrim yo‘nalishlarda nazorat talablari kuchaytirildi. Agar olib kirilayotgan buyum 16 yoshga to‘lmagan bolaga tegishli bo‘lsa, deklaratsiyada tovar pozitsiyasi yonida egasining pasporti yoki ID-kartasi raqamini ko‘rsatish majburiy etib belgilandi.
Bundan tashqari, mamlakatga olib kirilayotgan barcha mobil qurilmalar majburiy deklaratsiyadan o‘tkaziladi. Mazkur talab bojxona to‘lovisiz olib kirish limiti oshirilgan-oshirilmaganidan qat’i nazar amal qiladi. Faqat keyinchalik sotish uchun olib kiriladigan va tizim operatori bazasida ro‘yxatga olingan telefonlar bundan mustasno etib belgilangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ