“MobiUz” aloqa operatorining 100% lik ulushi sotuvga qo‘yildi

Ayni vaqtda talabgorlar sotib olish boʻyicha qiziqish bildirishlari mumkin

“MobiUz” aloqa operatorining 100% lik ulushi sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Universal Mobile Systems” MChJ  (“MobiUz”) ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish boshladi.

Yetakchi strategik va moliyaviy konsultant sifatida “Rothschild & Co” xalqaro investitsiya banki tanlangan. Moliyaviy konsultant, soliq va yuridik ekspertiza oʻtkazish va mustaqil baholovchi sifatida “Deloitte” xalqaro kompaniyasi jalb qilingan.

  • Sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (“Expression of interest/ EoI”);
  • Majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni qabul qilish (“NBO”);
  • Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni qabul qilish (“BO”).

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlab, 2025-yil 1-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18:00ga qadar  yuborishlari talab etiladi.

Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Kompaniya haqida

“Universal Mobile Systems” MChJ (“MobiUz” savdo belgisi ostida faoliyat yuritadi) – Oʻzbekistondagi telekommunikatsiya korxonasi boʻlib, zamonaviy mobil uyali aloqa xizmatlari va mobil internetga xizmatlarini “4G LTE”, “UMTS” va “GSM” standartlarida “MobiUz” savdo belgisi ostida taqdim etadi.

2024-yil yakuniga koʻra, korxonaning sof tushumi 2 086 mlrd soʻm va abonentlari soni 7,8 mln nafarni tashkil etadi. Shu oʻrinda, Oʻzbekiston iqtisodining va aholisining hozirgi oʻsish surʼatlari bu bozorda katta imkoniyatlar borligidan dalolat beradi.

“MobiUz”ni xususiylashtirish jarayoni uch bosqichda amalga oshiriladi:

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uch Qahramon” bozoridagi yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar 74 mlrd so‘mga baholandi
/
“Uch Qahramon” bozoridagi yong‘in oqibatida yetkazilgan zarar 74 mlrd so‘mga baholandi
Mobiuz’ni sotib olishga 15 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda
/
Mobiuz’ni sotib olishga 15 ta kompaniya da’vogarlik qilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi uch kunlik pasayishdan so‘ng ko‘tarila boshladi