Misr kompaniyasi Qoraqalpog‘istonga $600 mlnlik investitsiya jalb qildi

Mablag‘lar oydali qazilmalarni qazib olish, energetika, bioetanol ishlab chiqarish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash kabi loyihalarga sarflanadi

Misr kompaniyasi Qoraqalpog‘istonga $600 mlnlik investitsiya jalb qildi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklariga amaliy tashrifi doirasida $600 mlnlik memorandumlar imzoladi. Bu haqda Dunyo axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan uchrashuvda Bell Energy kompaniyasi raisi Haysam Husayn ishtirok etdi. Tomonlar mintaqaning investitsiya salohiyati va kompaniyaning yangi loyihalardagi ishtirokini muhokama qildi.

Asosiy yo‘nalishlar orasida yer osti neft omborlarini qurish, Qayroqtosh oltin konini o‘zlashtirish, chiqindilardan energiya ishlab chiqarish, bioetanol va aviatsiya yoqilg‘isi uchun bambuk plantatsiyalarini yaratish va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturi bor.

Imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish uchun tomonlar har bir loyihaning texnik tafsilotlari va moliyaviy shartlarini ishlab chiqish va kelishib olishga qaror qilishdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi