Xitoy kompaniyasi Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurmoqchi

Dastlabki bosqichda $40 mln sarmoya yo'naltirish rejalashtirilgan

Xitoy kompaniyasi Namanganda misni qayta ishlash zavodini qurmoqchi

Xitoyning “Boi Yi da” kompaniyasi Namangan misni qayta ishlash zavodini qurish loyihasiga qiziqish bildirdi. Bu haqda Namangan viloyati matbuot xizmati xabar bermoqda.

Loyihani amalga oshirish ikki bosqichda bo’ladi, birinchi bosqich esa taxminan $40 mln sarmoya talab qiladi va zavod mahsulotlari eksportga yo’naltiriladi.

Uchrashuv davomida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov Namangan shahrida mavjud imkoniyatlar haqida gapirib, loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishiga ishontirdi. Hozirda xitoylik tadbirkorlar zavod qurish uchun potentsial uchastkalarni tekshirmoqda.

Eslatib o’tamiz, Xitoyning “Shandong Aipurui Steel Plate Co., Ltd” Farg’ona viloyatidagi “Taraqqiyot” sanoat zonasida $120 mlndan ortiq metallga ishlov berish zavodini quradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
/
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi
/
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi