OKMKda $5,3mlrdlik 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi

Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan

OKMKda $5,3mlrdlik 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi

15 oktyabr kuni prezident Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

So‘nggi olti yilda Olmaliq kombinatida sanoat mahsuloti 1,8 baravarga, mahalliylashtirish 7,7 baravarga, investitsiya esa 13 baravarga oshgan. “Raqamli OKMK – 2030” strategiyasi doirasida 70 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan.

2021-yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi ham yo’lga qo’yilish arafasida.

Qiymati $5,3mlrdlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi $1,9 mlrdga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.

Loyihaga Italiyaning “Wood” hamda Buyuk Britaniyaning “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan.

Shuningdek, hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi