Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi

Prezidentlar, shuningdek, 4−5-iyun kunlari Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi

Mirziyoyev va Putin O‘zbekistondagi ilk AES energobloki qurilishiga start beradi

4−5-iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurib, Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etadi. Bu yil forum “Pragmatik muloqot — barqaror kelajak sari yo‘l” shiori ostida o‘tkaziladi.

Kreml matbuot xizmati ma’lum qilishicha, 4-iyun kuni Vladimir Putin Rossiyaga ishchi tashrif bilan boradigan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi.

Tomonlar videokonferensiya aloqa tizimi orqali O‘zbekistonda quriladigan integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energobloki qurilishiga rasman start beradi.

Shu kuni Rossiya prezidenti xalqaro axborot agentliklari rahbarlari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

5-iyun kuni esa forumning asosiy tadbiri — yalpi majlis bo‘lib o‘tadi. Unda Vladimir Putin bilan bir qatorda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tanzaniya prezidenti Samiya Suluhu Hassan, Xitoy Xalq Respublikasi raisi o‘rinbosari Xan Chjen hamda Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud ma’ruza qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi