Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob

Yig‘ilishda tadbirkorlikka oid masalalar muhokama qilindi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan selektordan sarhisob

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi hamda yetakchi tadbirkorlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.

“Kapital.uz” Prezident matbout xizmatiga tayanib, asosiy xulosalarni jamladi.

Xususan, 2024-yil davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:

  • tadbirkorlar faoliyati uchun ahamiyatga ega bo‘lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi;
  • bir qator investitsiya loyihalari amalga oshirilgan: korxonalarning banklardagi mablag‘lari 107 trln so‘mga, aholi omonatlari 105 trln so‘m bo‘lgan;
  • ajratilgan jami kreditlar 275 trln so‘mni tashkil qilgan;
  • tadbirkorlar bu yilda 11,5 trln so‘mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi;
  • “Tashabbusli byudjet” doirasida yo‘llarni ta’mirlash ishlarining 92%  xususiy pudratchilar tomonidan amalga oshirildi;
  • temir yo‘l sohasida raqamlashtirish va operasion samaradorlikni oshirish hisobiga yuk tashish muddatlari 40% ga qisqardi;
  • stansiyalarda yuklarni to‘lovsiz tushirish vaqti 2 soatdan 3 kunga uzaygani uchun tadbirkorlar yiliga 57 mlrd so‘m tejayapti.

Avvalroq “Kapital.uz” selektorda muhokama qilingan masalalar haqida yozgan edi: 

  • O‘zbekistonga dunyoning nufuzli 23 ta mehmonxona brendlari kirib keladi;
  • O‘zbekistonda kelgusi yilda infratuzilma obyektlarini yaxshilashga 43 trln so‘m ajratish rejalashtirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
/
IT va fintech kompaniyalarga R&D uchun bojxona imtiyozlari beriladi
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
/
“Bag’doddonmahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari savdoga chiqarildi
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi
/
“Toshkent” avtovokzalidan hududlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi