Toshkendagi Mirobod dehqon bozori atrofi obodonlashtirilmoqda

Bunda piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratiladi, bozor esa faoliyati esa to‘xtatilmaydi

Toshkendagi Mirobod dehqon bozori atrofi obodonlashtirilmoqda

Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozori (“Gospitalniy”) atrofi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi. Bu haqda Mirobod tumani hokimligi xabar qildi.

Hokimlik ma’lum qilishicha, loyiha doirasida bozor atrofi zamonaviy qiyofaga keltiriladi, piyodalar uchun qulay, toza va xavfsiz muhit yaratiladi. Ishlar bir oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, obodonlashtirish jarayonida mavjud daraxtlar kesilmaydi, aksincha, hududda yangi ko‘chatlar ekilib, yashil maydonlar kengaytiriladi.

Bozor faoliyati ishlar davomida ham belgilangan tartibda davom etadi. Tuman hokimligi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

миробод bozori

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda issiqlik va issiq suv uchun yangi tariflar 12-noyabrdan amal qiladi
/
Toshkentda issiqlik va issiq suv uchun yangi tariflar 12-noyabrdan amal qiladi
Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi
/
Kuz-qish mavsumida elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilmaydi
Raqobat qo‘mitasi avtodilerlar va servis markazlarida qonunbuzarliklarni aniqladi
/
Raqobat qo‘mitasi avtodilerlar va servis markazlarida qonunbuzarliklarni aniqladi