Bir oyda qariyb mingta tadbirkorlik subyekti 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalandi

Sentabrdan buyon klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun 1% lik ijtimoiy soliq stavkasi amal qilib kelmoqda

Bir oyda qariyb mingta tadbirkorlik subyekti 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalandi

O‘zbekistonda joriy yil sentabr oyida 936 ta subyekt ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozdan foydalandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar qildi.

2025-yil 1-sentabrdan boshlab klasterlar, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun uch yil muddatga ijtimoiy soliq stavkasi 1% etib belgilangandi.

Shunga ko‘ra, bir oyda 936 ta korxona 178,7 mlrd soʻmlik imtiyozdan foydalangan. Bunda imtiyoz soliq hisobotini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan toʻgʻridan toʻgʻri qoʻllaniladi, yaʼni hisobchi tomonidan belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentda noqonuniy reklama joylashtirilgan avtomobillar tekshirilmoqda
/
Toshkentda noqonuniy reklama joylashtirilgan avtomobillar tekshirilmoqda
Qurilish vazirligi “Dream House Design” ning litsenziyasini bekor qilindi
/
Qurilish vazirligi “Dream House Design” ning litsenziyasini bekor qilindi
O‘zbekistonda yapon iyenasidan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi
/
O‘zbekistonda yapon iyenasidan tashqari barcha xorijiy valyutalar qimmatlashdi