O’zbekistonda milliy investitsiya jamg’armasi tashkil etiladi
2030 yilgacha investitsiya jamg’armaning sof foydasining kamida 50% dividendlarga yo'naltiriladi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O’zbekistonda milliy investitsiya jamg’armasi tashkil etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Joriy yilning 27 avgust kuni ushbu jamg’armani tashkil etish to’g’risida prezident qarori qabul qilindi.
Jamg’armaning asosiy maqsadlariga quyidagilar kiradi:
- sof aktivlarning bozor qiymatini oshirishi;
- yetakchi xalqaro fond birjalarida aksiyalarni joylashtirish;
- jamg’arma aktivlarini investitsiyalash va xususiylashtirishda ishtirok etish uchun yirik xalqaro institutsional investorlarni jalb qilish;
- iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga o’tish va ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) standartlarini amalga oshirish
Jamg’armaning ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ulushi o’tkaziladigan korxonalar va tijorat banklari ro’yxati tasdiqlandi.
Jamg’arma aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi va aksiyalar ommaviy ravishda joylashtirilgunga qadar uning yagona aksiyadori iqtisodiyot va moliya vazirligi bo’ladi.
2030 yilgacha jamg’armaning investitsiya aktivlarining sof foydasining kamida 50% yil yakunlari bo’yicha dividendlarga to’lashga yo’naltiriladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ