Dunyo milliarderlari Trampning boj tariflari sababli bir kunda qariyb $210 mlrd yo‘qotdi

Eng ko‘p zarar ko‘rganlar Amerika milliarderlar qatorida Sukerberg $17,9 mlrd yo‘qotdi

Dunyo milliarderlari Trampning boj tariflari sababli bir kunda qariyb $210 mlrd yo‘qotdi

AQSH prezidenti Donald Tramp bojxona to‘lovlari joriy etilishini e’lon qilganidan so‘ng, dunyoning eng boy 500 kishisining umumiy boyligi $208 mlrdga kamaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Bloomberg Billionaires Index ro‘yxatiga kiritilgan milliarderlarning yarmidan ko‘pi o‘z boyligining o‘rtacha 3,3% ga qisqargan. 

Eng ko‘p zarar ko‘rgan amerikalik milliarderlar orasida, xususan, Meta rahbari Mark Sukerberg ($17,9 mlrd yo‘qotdi) va Amazon asoschisi Jeff Bezos ($15,9 mlrd yo‘qotdi) bor.

O‘z navbatida, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning boyligi $11 mlrdga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
/
O‘zbekistonda tabiiy gaz savdosi hamda metall parchalari bilan bog‘liq faoliyat litsenziyalanadi
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
/
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz shahar deb topildi
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi
/
O‘zbekiston moliya sektori 2027-yilgacha Bazel III standartlariga o‘tkaziladi