Markaziy bank O‘zbekiston banklariga mikroqarz berish talablarini kuchaytirdi
Beriladigan kreditning qarz qoldig'i boshqa to‘lovlarning yig‘indisiga nisbatan kunlik 0,25% dan oshmasligi lozim

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Banklarga, shu jumladan mikromoliya banklariga (bank) qo‘yiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan jismoniy shaxslarga beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablarni belgilnandi. Bu haqdagi Markaziy bank qarori 22-aprelda Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlarga quyidagilar kiradi:
- qarz yuki ko‘rsatkichi;
- kreditning garovga nisbati ko‘rsatkichi;
- kreditlar (mikroqarzlar) kesimida to‘planish (konsentratsiya) koeffitsiyentlari.
Bank tomonidan qarz oluvchiga kredit (mikroqarz) berilishida uning qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan oshmasligi lozim.
Shuningdek, bank tomonidan qarz oluvchiga beriladigan kredit (mikroqarz) bo‘yicha foiz to‘lovlari hamda boshqa to‘lovlar yig‘indisi kreditning (mikroqarzning) asosiy qarz qoldig‘iga nisbatan kunlik 0,25% dan oshmasligi lozim.
Markaziy bank mikroqarzlar va kredit kartalari bo‘yicha konsentratsiya koeffitsiyentlari bo‘yicha yangi talablarga javob bermaydigan banklarga 2029-yil 1-yanvarga qadar muhlat berdi. Bu vaqtdagacha banklar asta-sekin kreditlar konsentratsiyasi ulushini kamaytirishi kerak.
Hujjat bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ