Mikromoliya tashkilotlari 66% holatda kreditlarni onlayn ajratmoqda

Shuningdek, 10 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar jami ajratilgan kreditlarning 60% iga to‘g‘ri kelmoqda

Mikromoliya tashkilotlari 66% holatda kreditlarni onlayn ajratmoqda

2025-yilning yanvar–iyun oylarida 20 ta yangi mikromoliya tashkiloti va ularning 139 ta filiali tashkil etilib, mamlakat bo‘yicha mikromoliya tashkilotlari soni 120 taga (335 ta filial bilan), lombardlar esa 90 taga (111 ta filial bilan) yetdi. Bu haqda Markaziy bank sharhidan kelib chiqadi.

Faoliyat yuritayotgan tashkilotlarning eng ko‘p qismi Toshkent shahri (64 ta mikromoliya tashkiloti va 47 ta lombard) hamda Farg‘ona viloyatida (19 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombard) joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryoda esa bittadan bosh ofis mavjud.

Yil boshidan buyon mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan jami 13,3 trln so‘m kreditlar ajratildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobarga ko‘p. Kreditlarning 90%i yoki 12 trln so‘mi mikromoliya tashkilotlari, 10%i yoki 1,3 trln so‘mi lombardlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ulardan:

  • ko‘rsatilgan xizmatlarning 97%i (12,8 trln so‘m) jismoniy shaxslar;
  • qolgan 3%i (417 mlrd so‘m) yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Onlayn kreditlash hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 26% ga oshdi va mikromoliya tashkilotlari tomonidan ajratilgan kreditlardagi ulushi 66% ni tashkil etdi.

Bunga, asosan, jismoniy shaxslarning “Uzum Market” elektron platformasi, “Uzum Tezkor” yetkazib berish xizmati hamda “Uzum Nasiya” bilan bog‘langan savdo shahobchalarida xaridlarni moliyalashtirish jarayonining kengayishi sabab bo‘ldi. Shuningdek, “Tezkoin” (5,6 trln so‘m), “Shaffof-Moliya” (2,3 trln so‘m) va “Peyleyter” (56 mlrd so‘m) mikromoliya tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlar hajmi sezilarli ulushni tashkil etdi.

Shu davrda 3,9 mlrd so‘mlik islomiy moliyalashtirish xizmatlari ham ko‘rsatildi. Barcha operatsiyalar “murobaha” xizmatiga to‘g‘ri keldi.

Kreditlarning asosiy qismi kichik miqdorli kreditlardan iborat bo‘ldi. Jumladan, ajratilgan kreditlarning 60%i 10 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar, 10–20 mln so‘m va 20–50 mln so‘m oralig‘idagi kreditlarning har biri 15 %, 50–100 mln so‘m miqdoridagilari esa 10% ni tashkil etdi.

So‘nggi bir yil davomida 10 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi 14% ga, 10–20 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar ulushi esa 1% ga oshgan. Shu bilan birga, 20–50 mln so‘mli kreditlar 9% ga, 50–100 mln so‘mlik kreditlar esa 6% ga kamaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlar uchun qat’iy narxlar belgilandi
/
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqamlar uchun qat’iy narxlar belgilandi
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga kredit berish qoidalari tasdiqlandi
/
O‘zbekistonda kam ta’minlangan oilalarga kredit berish qoidalari tasdiqlandi
Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi
/
Markaziy bank uchta bankka 2,5 mlrd so‘m jarima soldi