“Mikrokreditbank” binosi 103 mlrd so’mga sotildi

Xaridor “Aziza Credo Max” MChJ bo'ldi

“Mikrokreditbank” binosi 103 mlrd so’mga sotildi

Mikrokreditbankning Chilonzor tuman binosi 8-oktyabr kuni auksionda qariyb 103 mlrd so’mga sotildi. Bu “E-aukcion”dan ma’lum bo’ldi.

Tanlovda Jizzax viloyatida faoliyat yurituvchi “Aziza Credo Max” MChJ g’olib bo’lgan. 

Ushbu kompaniya turar-joy binolari qurilishi bilan shug’ullanadi. Muassislari Muyibov Murodillo (86,6%) va Xamdamov Ulug’bek (13,4%) bo’lib, kompaniyaning umumiy kapitali 4,5 mlrd so’mni tashkil etadi.

2023-yilda “Mikrokreditbank” O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vazirligi va “Aloqabank”ga tegishli bo‘lgan binolarni jami 387 mlrd so‘mga sotib olgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Shahrisabz” aeroporti rekontruksiya ishlari sababli vaqtincha yopiladi
/
“Shahrisabz” aeroporti rekontruksiya ishlari sababli vaqtincha yopiladi
Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar faoliyat yuritadi
/
Bayram va dam olish kunlari qaysi banklar faoliyat yuritadi
O‘zbekistonda qanday soliq turlari mavjud, ularning mazmun-mohiyati
/
O‘zbekistonda qanday soliq turlari mavjud, ularning mazmun-mohiyati