Qozog‘iston kompaniyasi Murad Nazarov egalik qiladigan bir necha kompaniyadagi ulushlarni sotib olmoqda
Raqobat qo‘mitasi qaroriga ko'ra “MF Trade Limited” ning sotib olish haqidagi bitimi raqobatga ta'sir qilmaydi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi Qozog‘istonning “MF Trade Limited” kompaniyasi tomonidan mahalliy uchta qurilish firmasining ulushlarini sotib olish bo‘yicha kelishuvni ma’qulladi. Ushbu qaror holding tomonidan qo‘mita nazorat organiga yuborilgan tegishli so‘rovni ko‘rib chiqish yakunida qabul qilindi.
Gap “Elsun Invest”, “NRG Yashnobod Stroy” va “NRG High Project” kompaniyalaridagi ulushlarni sotib olish haqida ketmoqda. Ular turar joy qurilishi segmentida faoliyat olib boradi. Kelgusi bitimning barcha jihatlari o‘rganilgach, maxsus komissiya bu xarid raqobat muhitiga xavf tug‘dirmasligi va bozor ishtirokchilarining ustunlikka erishishiga olib kelmasligi haqida xulosa chiqardi. Shu sababli Qo‘mita bitimlarni o‘tkazishga rozilik berdi.
Yagona tadbirkorlik subyektlari reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Elsun Invest” 1999-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ustav kapitali 502,2 mln so‘mni tashkil etadi. Kompaniyaning asosiy hissadorlari Abzal Batirbay va Murad Nazarov bo‘lib, ular 43,81% dan ulushga egalik qiladi. Yana 10% ulush Botir Rahimovga, 2,39% i esa Yuriy Kuzminga tegishli. Xuddi shu tadbirkorlar 2022-yilda 122 mln so‘m ustav kapitali bilan tashkil etilgan va Temirek Almagambetov boshqarayotgan “NRG High Project” ning ham asoschilaridir.
2023-yilda tashkil etilgan “NRG Yashnobod Stroy” esa 3,99 mlrd so‘m ustav kapitaliga ega. Bu yerda ham nazorat paketlari Batirbay va Nazarovga (har biri 45,87%) tegishli, qolgan ulushlar esa Miyasor va Shog‘ofurjon Shofayziyevlar (har biri 4,13%) o‘rtasida taqsimlangan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ