Ayrim tadbirkorlarga meva-sabzavot savdosi uchun soliq 1% etib belgilandi
Shuningdek, 2027-yil 1-aprelgacha ekish uskunalari importiga bojxona boji kamaytiriladi

Фото: «РИА Новости»
Prezident qarori bilan 2025–2026-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini oshirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.
Xususan, 2025-yilda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini jami $3,5 mlrdga yetkaziladi.
Yil yakuniga qadar 8 ta davlatga yangi 30 turdagi mahsulotlar eksporti uchun fitosanitariya ruxsatnomalarini olish rejalashtirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, istiqbolli bozorlarga 2025-yilda $442 mln, 2026-yilda $575 mln miqdoridagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini ta’minlanadi.
Shuningdek, yil davomida 2025-yilda hududlarda jami 2,1 mln tonna meva-sabzavot mahsulotlari uchun qadoqlar ishlab chiqarish bo‘yicha $40,5 mln miqdoridagi investitsiya loyihalarini amalga oshiriladi.
2028-yil 1-yanvargacha meva-sabzavot mahsulotlarini zamonaviy qadoqlarda realizatsiyaga chiqaradigan hamda quyidagi barcha shartlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan tadbirkorlar uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan ijtimoiy soliq stavkalari 1% etib belgilanadi:
- har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
- zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50% ini tashkil etganda;
2027-yil 1-aprelgacha dukkakli mahsulotlarni ekish, yig‘ib olish va saralash uskunalari importi uchun bojxona bojining 1% lik stavkasi qo‘llanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ