Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi

Qish mavsumida yana 6 ta metro poyezdi keltirilishi rejalashtirilgan

Toshkentga 3 ta yangi metro poyezdlari olib kelindi

Toshkent metropoliteniga 11-yanvar kuni yangi to‘rt vagonli 3 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» DUK ma’lum qildi. 

Xabarga ko‘ra, yo‘nalishlardagi vaqt intervallarini yanada qisqartirish maqsadida, ushbu poyezdlar belgilangan yo‘riqnomaga asosan 9-10 kun davomida texnik sinovdan o‘tkazilib, so‘ngra yo‘lovchilarga xizmat qilishi uchun yo‘nalishlarga chiqariladi.

Shuningdek, 2025-yil yanvar-fevral oylarida yana 6 ta metro poyezdi olib kelinishi rejalangan. Bu rejaviy ishlar natijasida, metro vagon parklarini yangilash va belgilangan vaqt intervallarini yanada qisqartishga erishish maqsad qilingan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning boshida Toshkentga Rossiyadan uchta yangi metro poyezd keltirilgan edi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
/
Markaziy bank: O‘zbekistonda 10 ga yaqin bank islomiy moliya xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘rib chiqmoqda
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
/
Jahon banki O‘zbekistonga elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun $100 mln ajratadi
IMAN Holding $20 mln zarar haqidagi ma’lumotni rad etdi
/
IMAN Holding $20 mln zarar haqidagi ma’lumotni rad etdi