Toshkent metropoliteni qurilishida qoidabuzarliklar aniqlandi

Prokuratura “Texnopark” va “Qipchoq” stansiyalari oralig‘idagi uchastkadagi kamchiliklarni bartaraf etish va loyiha me’yorlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashni talab qildi

Toshkent metropoliteni qurilishida qoidabuzarliklar aniqlandi

24-iyun kuni O‘zbekiston transport prokurori Ikrom Narimov rahbarligida Toshkentda yer usti metrosi qurilishi jarayoni tekshirildi.

Metropoliten qurilishining birinchi va ikkinchi bosqichlari orasida joylashgan “Texnopark” va “Qipchoq” bekatlari oralig‘idagi hududda “O‘zbekiston temir yo‘llari” buyurtmachisi hamda “Ko‘prikqurilish” pudratchi tashkiloti ishtirokida o‘tkazilgan tekshiruv davomida bir qator kamchilik va qonunbuzarliklar aniqlandi.

Mas’ul tashkilotlarga aniqlangan muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, amalga oshirilayotgan ishlarni loyiha talablariga to‘liq rioya qilgan holda qayta ko‘rib chiqish va qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Qurilish jarayonlarining shaffofligiga, yo‘lovchilar xavfsizligiga va transport infratuzilmasining barqarorligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu sohadagi ishlarning borishi doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
/
2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi