O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati yana cheklandi

Shoxobchalarning aniq ish vaqti ko‘rsatilmagan

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati yana cheklandi

O‘zbekistonda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (metan zapravkalar)ning faoliyati yana cheklandi. Energetika vazirligi dushanba kuni kechqurun buni tasdiqladi.

Shu kuni Toshkentda metan zapravkalar yopilgan bo‘lsa-da, propan shoxobchalari (suyultirilgan gaz) ish faoliyatini davom ettirdi.

Energetika vazirligi bayonotiga ko‘ra, havo harorati pasayishi bilan tabiiy gazga bo‘lgan talab ortgan, bu esa ayrim hududlardagi gaz quvurlarida bosim pasayishiga olib kelgan.

Vazirlik aholi, tibbiyot va ta’lim muassasalari, shuningdek, jamoat transportini gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Bu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashishi bilan cheklovlar bekor qilinadi, — deya bildirdi vazirlik.

Bu gal metan zapravkalar ish vaqti aniq ko‘rsatilmagan — ular har bir hududdagi vaziyatga qarab belgilanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi
/
O‘zbekistonda ID kartalar elektron raqamli imzo bilan beriladi
Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
/
Ilon Mask OpenAI va Microsoftdan $134 mlrdgacha tovon puli talab qilmoqda
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi
/
Eng yirik soliq qarziga ega qurilish kompaniyalari ma’lum bo‘ldi