O‘zbekistonda metan zapravkalari 8-yanvardan cheklangan jadvalda ishlaydi

Gaz quvurlaridagi bosim pasayishi sabab zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi

O‘zbekistonda metan zapravkalari 8-yanvardan cheklangan jadvalda ishlaydi

8-yanvardan boshlab O‘zbekistondagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning tushuntirishicha, choralar magistral gaz quvurlarida bosimning pasayishi bilan bog‘liq. Bosim pasayishi sharoitida turar joy binolari, jamoat transporti va ijtimoiy obyektlarni uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan, metan zapravkalarining faoliyati mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan jadvallarga muvofiq, gaz ta’minotining hozirgi holati, bosim darajasi va iste’mol hajmlaridan kelib chiqib vaqtincha cheklanadi.

Farg‘ona vodiysida (Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari) metan zapravkalarining ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda va gaz bosimiga qarab belgilanadi.

Energetika vazirligi ushbu cheklovlar vaqtinchalik ekanini ta’kidladi. Xabarga ko‘ra, hozirda gaz bosimini normallashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

11-dekabr kuni vazirlik mamlakat turar joy massivlari va jamoat joylarida gaz bosimi pasayishining oldini olish uchun gaz zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklanishini e’lon qilgandi. Bunga Turkmaniston gaz uzatish tizimidagi texnik nosozlik tufayli import qilingan gaz hajmining kamayishi sabab bo‘lgan. So‘nggi kunlarda AGTKSHlar kuniga bir necha soat ishlamoqda.

30-dekabrdan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalari yana 24 soatlik ish rejimiga o‘tdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi
/
“O‘zbekneftgaz” raisi qator neft bazalari rahbarlarini ishdan oldi
FlyArystan Olmaota—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
/
FlyArystan Olmaota—Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni qayta yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi
/
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 2025-yilda tarixiy rekordni yangiladi