O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi

Sovuq ob-havo va gaz iste’moli oshgani sababli cheklovlar 2026-yil 4-mart 19:00 dan 5-mart 10:00 gacha amal qiladi

O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi

O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalari faoliyati vaqtincha cheklab qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakat hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelgani sabab tabiiy gaz iste’moli keskin oshgan. Natijada magistral gaz quvurlarida bosim pasaygani qayd etilgan.

Shu sababli aholi uy-joylari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKSh) faoliyati 2026-yil 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

Qayd etilishicha, mazkur choralar gaz transport tizimi barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan. Bunda cheklovlar jamoat transporti hamda ijtimoiy muassasalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga tatbiq etilmaydi — ular uchun gaz yetkazib berish odatdagi tartibda davom etadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
/
Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgan — Raqobat qo‘mitasi
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi
/
YTTB 2026-yil uchun O‘zbekiston YIM o‘sish prognozini 6,5% gacha oshirdi