2-fevraldan metan zapravkalariga qo’yilgan cheklovlar yumshatiladi

Farg‘ona vodiysidagi shoxobchalar ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi

2-fevraldan metan zapravkalariga qo’yilgan cheklovlar yumshatiladi

2-fevraldan boshlab O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Farg‘ona vodiysida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (metan zapravkalar) ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.

Ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 20-yanvardan boshlab respublikada metan zapravkalari faoliyatiga cheklovlar kiritilgandi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, bu havo haroratining pasayishi bilan bog‘liq. Toshkentda ular bir kun oldin yopilgan. Propan zapravkalari esa ishlayotgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

5 grammli oltin quymasi narxi 10 mln so‘mdan pastga tushdi
/
5 grammli oltin quymasi narxi 10 mln so‘mdan pastga tushdi
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
/
O‘zbekistonda 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank
/
Nasiya savdo berayotgan doʻkonlar tovarlarni kreditga beryapti — Markaziy bank