Toshkentdagi gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha oshirildi
1-maydan e’tiboran yoqilg‘i quyish shoxobchalarida gaz tariflari yangilandi

Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilishicha, avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida metan narxi bir kub metr uchun 5200 so‘mgacha oshirilgan.
Toshkentdagi gaz quyish shoxobchalarida yangi narxlar joriy etilgani 1-may kuni ertalab ma’lum qilindi. Shu kundan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va gaz uchun yangi tariflar kuchga kirdi. Bu tariflarni dastlab 1-apreldan joriy etish rejalashtirilgan edi.
Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil aprel oyidagi qarori bilan yangi energiya tariflari belgilanganini eslatdi. Unga ko‘ra, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz sotish narxi bugundan boshlab 38,9% ga — bir kubometr uchun 2500 so‘mgacha oshiriladi.
Bungacha avtomobillar uchun yoqilg‘ining bir kubometri mintaqaga qarab 3950−4250 so‘mdan sotilgan. Ushbu narxlar 2024-yil avgust oyidan beri amal qilib kelayotgan edi — o‘shanda gaz quyish shoxobchalari uchun metan chakana narxlarining «chegarasi» o‘z kuchini yo‘qotdi.
Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov avgust oyida raqobat muhitining buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun davlat endi narx belgilashga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashmasligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «narxlarni bozor belgilaydi.»
Joriy yilning fevral oyida Markaziy bank AGTKShlar uchun rejalashtirilgan tabiiy gaz ulgurji narxlarining oshirilishi transport xarajatlarining oshishi hisobiga mahsulot tannarxining oshishiga olib kelishidan xavotir bildirgan edi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ