Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Kompaniya, shuningdek, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqmoqda

Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda

Meta O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

7-oktabr kuni agentlikda Facebook, Instagram, WhatsApp Threads tarmoqlarini o‘z ichiga olgan Meta kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Meta’ning Janubiy va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun davlat siyosati bo‘yicha direktor Sarim Aziz, Markaziy Osiyo, Mo‘g‘uliston, Shri-Lanka va Maldiv orollari uchun davlat siyosati bo‘yicha rahbar Senura Abeyvardena, Markaziy Osiyo, Gonkong va Tayvan bo‘yicha hukumat bilan aloqalar va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha rahbar Aurora Li hamda Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun davlat siyosati bo‘yicha mintaqaviy menejer Yerasil Kalixan ishtirok etdi.

Unda tomonlar O‘zbekistonda Meta vakolatxonasini ochish istiqbollari, reklamani ilgari surish va kompaniya platformalarida joylashtirishda firibgarlikning oldini olish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish muhokama qildi.

Bundan tashqari, kontentni monetizatsiya qilish va mamlakatdagi raqamli kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Tomonlar raqamli platformalarni tartibga solish, foydalanuvchilarni himoya qilish va adolatli monetizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot o‘rnatish va tajriba almashish muhimligini qayd etdi.

ILMA uchrashuvda raqamli xavfsizlik, reklama shaffofligi, mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilganini qayd etdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va uning muayyan yo‘nalishlarini o‘rganishga kelishib oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
/
O‘zbekistonlik shaxmatchilar 2025-yil yakunlariga ko‘ra eng ko‘p daromad topgan TOP-10 talikka kirdi
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
/
Markaziy bank to‘lov tashkilotlari uchun kiberxavfsizlik talablari kuchaytirilganini ma’lum qildi
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi
/
2025-yilda O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi $43,1 mlrdga yetdi