Rossiya noqonuniy mehnat muhojirlari to’g’risidagi ma’lumotlar reestrini joriy qilmoqchi

U 2025 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan

Rossiya noqonuniy mehnat muhojirlari to’g’risidagi ma’lumotlar reestrini joriy qilmoqchi

2025 yilda Rossiya noqonuniy mehnat muhojirlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan nazorat qilinadigan shaxslarning elektron reestrini joriy etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Hozirgi vaqtda Rossiyada 630 ming noqonuniy muhojir bor. Mamlakatda asosan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikistondan kelgan 3,5 mln mehmon qonuniy ravishda ishlaydi.

Noqonuniy migrantlar sonini boshqarish uchun ish hujjatlari muddati tugagan yoki bekor qilingan va ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan va deportatsiya qilinishi kerak bo’lgan chet el fuqarolari to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yaratish ko’zda tutilgan.

Biroq, hozirgi vaqtda ushbu registrning ishlash tartibi va parametrlarini belgilaydigan me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
/
Logistika xizmatlari: ularning ishlash tartibi qanday
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
/
Senatorlar parklar va botanika bog’larini xususiylashtirishni ta’qiqlamoqda
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi
/
O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi yanvar oyida $4,5 mlrdni tashkil etdi