Mehnat kodeksidagi yiliga 120 soatlik qo’shimcha ish cheklovi bekor qilindi

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun 1,5 hissa, 2 soatdan ortiq qismi uchun 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi

Mehnat kodeksidagi yiliga 120 soatlik qo’shimcha ish cheklovi bekor qilindi

O‘zbekistonda ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi talabi bekor qilindi. Bu 11-noyabrda qabul qilingan qonunda ko‘zda tutilgan bo‘lib, u bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan qonun hujjatlariga ish vaqtidan tashqari ish uchun haq to‘lash tizimini takomillashtirish, Migratsiya agentligining vakolatlarini aniqlashtirish, xususiy bandlik agentliklarining huquq va majburiyatlarini kengaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ishning davomiyligi yiliga 120 soatdan oshmasligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.

Shuningdek, ish vaqtidan tashqari ishning 1 kundagi birinchi 2 soati uchun kamida 1,5 hissa miqdorida, 2 soatdan ortiq qismi uchun kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilandi. Avvalgi normaga ko‘ra, ish vaqtidan tashqari ish uchun (barcha soatda) kamida 2 hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangandi.

Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, xususiy bandlik agentliklariga quyidagi huquqlar berildi:

ish qidirayotgan shaxslarni kasb-hunar va chet tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini belgilangan tartibda tashkil qilish, shuningdek ushbu jarayonga chet ellik ish beruvchilarni jalb etish;

zaxira qilinadigan mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirish hisobidan olinadigan foiz daromadlarini mustaqil ravishda tasarruf etish.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xitoy jamg‘armasi O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi yetkazib beradi
/
Xitoy jamg‘armasi O‘zbekistondagi tibbiyot muassasalariga toza ichimlik suvi yetkazib beradi
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasayishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun pasayishda davom etmoqda
O‘zbekistonda banklar xususiylashtirilishi “O‘zsanoatqurilishbank” dan boshlanadi
/
O‘zbekistonda banklar xususiylashtirilishi “O‘zsanoatqurilishbank” dan boshlanadi