Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi

Kompaniya buning uchun $7 mlngacha investitsiya kiritishi mumkin

Rossiyaning “Medsi” kompaniyasi O‘zbekistonda klinika ochadi

Rossiyaning “Sistema” AFK xoldingiga qarashli “Medsi” xususiy tibbiyot tarmog‘i O‘zbekistonda o‘zining ilk klinikasini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Vedomosti” nashrida ma’lum qilingan.

HeadHunter saytida Toshkent shahrida uchun bosh shifokor (e’lon 1-iyunda joylashtirilgan), HR-menejer va bosh hisobchi (23-mayda e’lon qilingan) kabi ish e’lonlari paydo bo‘ldi.

“Eqiva” tahlil firmasi rahbari Darya Shubinaning fikriga ko‘ra, 1,5 ming 2 ming kvadrat metr maydonli diagnostika markazini ishga tushirish uchun $2,2 mlndan $3,4 mlngacha, 3 ming kvadrat metrdan ortiq maydonli va o‘z statsionariga ega klinika uchun esa $5,4 mlndan $7,2 mlngacha mablag‘ sarflanishi mumkin.

“Infoline-Analitika” rahbari Mixail Burmistrovning ta’kidlashicha, “Medsi”ning O‘zbekiston bozoriga kirishining uchta ya’ni faoliyat yuritayotgan tibbiy biznesni sotib olish, franshiza olish yoki o‘z tibbiyot markazini ochish kabi yo‘li mavjud.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
/
Apple narxi $599 bo‘lgan MacBook Neo’ni taqdim etdi
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
/
O‘zbekistonda metan zapravkalari faoliyati vaqtincha cheklandi
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi
/
“Toshkent” respublika fond birjasining daromadi 2025-yilda 43,1%ga oshdi