Markaziy bank may oyida 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘lladi
Shuningdek 17 ta tijorat bank sanksiyalar qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025-yilning may oyidagi 8 ta yig‘ilishlari davomida 37 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Ularning mazmuni quyidagicha:
Yo‘nalish | Masala tavsifi | Soni |
---|---|---|
Ro‘yxatdan o‘tkazish | Kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish | 3 ta |
Hisobga olish | Yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish va chiqish | 4 ta |
Ruxsat berish | Kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish | 4 ta |
Nomzodlarni ko‘rib chiqish | Tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish | 7 ta |
Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 19 ta masala – Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari ham muhokama qilindi.
Tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdorini shakllantirilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya qilinmagan va bank boshqaruvi tomonidan muammoli kreditlarni undirish va ular qoldig‘ini kamaytirish yuzasidan hududlarda ishlab chiqilgan reja-grafiklar ijrosi ta’minlanmagan taqdirda 17 ta tijorat banki chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish va inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 13 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi.
Shuningdek, 17 ta tijorat bankiga nisbatan chora va sanksiyalar qo‘llanilishi hamda 13 ta bank jarimaga tortilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ