Markaziy bank uchta kompaniyani mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi

Yangi tashkilotlar qatoriga Olmos Finance, Oson Moliya va Prime Sarmoya kiritildi

Markaziy bank uchta kompaniyani mikromoliya tashkilotlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mikromoliya tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar reyestriga kiritish bo‘yicha 159-, 160- va 161-sonli navbatdagi Boshqaruv qarorlarini qabul qildi.

Mazkur qarorlarga muvofiq, “OLMOS FINANCE”, “OSON MOLIYA” hamda “PRIME SARMOYA” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mikromoliya tashkiloti sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy reyestrga kiritildi.

Shu tariqa, ushbu tashkilotlarga belgilangan tartibda mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish huquqi berildi.

Regulyator avvalroq 2025-yilda O‘zbekistonda 1 ta mikromoliya banki va 37 ta mikromoliya tashkiloti rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqida xabar bergandi.

Shuningdek, 1 ta lombard faoliyatini boshladi, 12 nafar auditor bank sohasida audit o‘tkazish huquqini beruvchi sertifikatga ega bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo bitimini kuchga kiritishni jadallashtiradi
/
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo bitimini kuchga kiritishni jadallashtiradi
O‘zbekistondagi Urganch-Xiva yo‘nalishida birinchi pulli avtomobil yo‘lini qurish boshlandi
/
O‘zbekistondagi Urganch-Xiva yo‘nalishida birinchi pulli avtomobil yo‘lini qurish boshlandi
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15% li kredit ajratiladi
/
O‘zbekistonda yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15% li kredit ajratiladi