O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi

Timur Ishmetov Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi manfaatlarini himoya qiladi

O‘zbekiston Markaziy banki raisi AFI direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi

Markaziy bank raisi Timur Ishmetov 5-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Moliyaviy inklyuzivlik alyansi (AFI) direktorlar kengashi raisining o‘rinbosari etib saylandi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi lavozimida u Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi vakili sifatida faoliyat yuritadi. O‘zbekiston 2018-yildan buyon mazkur tashkilotning asosiy ishtirokchilaridan biri bo‘lib, byudjet va moliya, shuningdek, gender inklyuziv moliyalashtirish bo‘yicha qo‘mitalar ishida qatnashib kelmoqda. Bundan tashqari, hozirda idora Alyansning ushbu mintaqadagi siyosiy tashabbusiga rahbarlik qilmoqda.

Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, direktorlar kengashi tarkibiga kirish mamlakatda moliyaviy inklyuzivlikni rivojlantirish va kichik hamda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning e’tirofi hisoblanadi. Ushbu tayinlov, shuningdek, asoslangan yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha tajriba almashish va barqaror iqtisodiy tizim tamoyillarini global darajada ilgari surish imkonini beradi.

Direktorlar kengashi tashkilot faoliyatining strategik yo‘nalishlarini belgilaydi va maqsadlarga erishish masalalari bo‘yicha maslahatlar beradi.

Joriy yil sentabr oyida tuzilma raisi etib Ruanda Milliy banki rahbari Soraya M. Hakuziremye saylangan edi. O‘zbekiston vakilining rais o‘rinbosari sifatidagi vakolatlari 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan AFI a’zolari yillik yig‘ilishida rasman tasdiqlanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
/
Oʻzbekistonda yana 6 turdagi hisobotlar avtomatlashtiriladi
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
/
Bozorlardagi 12 mingta savdo nuqtasida ijara shartnomalari rasmiylashtirilmagan
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi
/
O‘zbekistonda dollar kursi ketma-ket uchinchi kun o‘sdi