2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan

Kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalarning aksariyati kundalik xarajatlar va shaxsiy ehtiyojlar uchun amalga oshirilgan

2025-yilda 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalari hajmi 70% dan oshgan

2025-yilda O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarining katta qismi kichik summalarda bajarilgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tahlillarga ko‘ra, 10 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalar umumiy operatsiyalarning 71,5% ini tashkil etgan. Shundan 46,1% o‘tkazmalar 1 mln so‘mgacha bo‘lgan summalarga to‘g‘ri keladi. 1 mln so‘mdan 5 mln so‘mgacha bo‘lgan operatsiyalar ulushi 16,8%, 5 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalar esa 8,6% ni tashkil etgan.

Yirik summadagi o‘tkazmalar ancha kam uchragan. 50 mln so‘mdan yuqori operatsiyalar umumiy hajmning birozdan ortiq 5% ini tashkil etgan bo‘lsa, 200 mln so‘mdan oshgan o‘tkazmalar ulushi atigi 1,4% darajasida bo‘lgan.

Avvalroq Markaziy bank O‘zbekistonda to‘lov terminallari orqali amalga oshirilgan naqdsiz operatsiyalar hajmi 460 trln so‘mga yetganini ham ma’lum qilgan edi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
/
Nvidia va OpenAI $100 mlrdlik kelishuvni $30 mlrdlik sarmoyaga almashtiradi
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
/
Fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va SIM kartalarni YIDXP orqali tekshirishi mumkin bo‘ladi
TBC Uzbekistan operatsion daromadi 3,17 trln so‘mga yetdi
/
TBC Uzbekistan operatsion daromadi 3,17 trln so‘mga yetdi