May oyida O‘zbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari 13,7% ni tashkil qildi

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan sezilarsiz oshib, 12,9% ga yetdi

May oyida O‘zbekiston aholisining inflyatsion kutilmalari 13,7% ni tashkil qildi

Joriy yil may oyida O‘zbekiston aholisining kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari aprelga nisbatan biroz pasayib, 13,7% ga teng bo‘ldi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida yozilgan.

Kelgusida narxlar oshishiga yoqilg‘i, transport xarajatlari, ish haqi va nafaqalar ta’siri kuchayishini aytganlar soni oshgan, kommunal xizmatlar va valyuta kursini muhim omil deb bilganlar esa kamaygan.

Aholi orasida ishlab chiqarish sohasi vakillari 14,7% darajasidagi yuqori inflyatsiya yuz berishidan xavotir bildirgan. Shuningdek, quyidagi sohalarda umumiy inflyatsion kutilmalardan baland daraja qayd etilgan:

  • Axborot texnologiyalari va OAV — 14,4%;
  • Davlat tashkiloti — 14,2%;
  • Bank-moliya — 14.2%;
  • Tashish xizmatlari — 14,1%;
  • Tiibbiyot — 14,0%.

Aholi inflyatsion kutilmalarining yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida kuzatilgan bo‘lib, bu qariyb 17,1% ga teng. Shu bilan birga, quyidagi hududlarda umumiy darajadan baland inflyatsion kutilmalar mavjud:

  • Jizzax viloyati — 15,1%;
  • Sirdaryo viloyati — 14,8%;
  • Toshkent viloyati — 14,7%;
  • Surxondaryo viloyati — 14,6%;
  • Farg’ona viloyati — 14,4%.

Daromadlari 7 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari nisbatan yuqori darajada shakllandi.

Biznes kutilmalari

Tadbirkorlik subyektlarining inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan sezilarsiz oshib, 12,9% ni tashkil etdi.

Kelgusida narxlarga oshiruvchi bosim ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy omillar sifatida yoqilg‘i va energiya resurslari qimmatlashishi, transport xarajatlari hamda xomashyo narxlari qimmatlashishi, ish haqi va nafaqalar oshishini qayd etgan tadbirkorlar ulushi ko‘paygan bo‘lsa, kommunal xizmatlar qimmatlashishi va valyuta kursi o‘zgarishini omil sifatida belgilagan tadbirkorlar ulushi kamaygan.

Tadbirkorlarning yuqori inflyatsion kutilmalari logistika xizmatlari bilan shug’ullanadigan korxonalar tomonidan qayd etilgan— 14,3%. O‘z o‘rnida yana bir necha sohalarda umumiy ko‘rsatkichdan baland inflyatsion kutilmalar bor. Jumladan, kelgusi bir yilda ishlab chiqarish tarmog’i 13,7%, madaniyat, ilm-fan va turizm 13,3%, sog‘liqni saqlash 13,2%, qurilish sohasi vakillari 13% inflyatsiya bo‘lishini kutayotganini bildirgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston va Belarusda firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi
/
O‘zbekiston va Belarusda firibgar call-markazlar faoliyati to‘xtatildi
YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi
/
YTTB sug‘orish stansiyalari modernizatsiyasi uchun $250 mlngacha suveren kredit ajratadi
“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi
/
“China State Construction” Toshkent viloyatida sanoat zonasini tashkil etish va yo‘l qurilishi bilan shug‘ullanadi