Markaziy bank may oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Shuningdek, akkizta yig‘ilishida 36 ta masala ko‘rib chiqilib, kredit va to‘lov tashkilotlari faoliyatiga oid qator qarorlar qabul qilingan

Markaziy bank may oyida 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2026-yil may oyida o‘tkazilgan sakkizta yig‘ilish davomida 36 ta masalani ko‘rib chiqib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishida jami 26 ta masala muhokama qilingan. Xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha 7 ta, banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatlarini taqdim etish bo‘yicha 2 ta, mikromoliya va faktoring tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 2 ta masala ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, bitta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani vaqtincha to‘xtatib turish hamda tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqishga oid 14 ta masala muhokama qilingan.

Bundan tashqari, kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 10 ta masala ham ko‘rib chiqildi. Unda Markaziy bank ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlariga rioya etilishi, bank va nobank kredit tashkilotlarida o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlari natijalari, taqsimlanmagan foydani taqsimlash hamda moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, qonunchilik talablariga rioya qilmagani hamda inspeksiya tekshiruvlari va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sababli 2 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
/
Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi