May oyida O‘zbekistonda xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi — MHTI
Masalan, kam foydalanilgan Laceeti va Cobalt avtomobillari $100 va $114 ga tushgan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan 2025-yilning may oyida ikkilamchi bozorda avtomobillar narxining o‘zgarishi tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
May oyida mahalliy ommabop avtomobillarning o‘rtacha narxi aprel oyidagiga nisbatan quyidagicha arzonlashdi:
- Onix: ko‘p foydalanilgani $800 ga ($13,8 mingdan $13 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $220 ga ($13,7 mingdan $13,5 mingga);
- Lacetti: kam foydalanilgani $100 ga ($14,8 mingdan $14,6 mingga); ko‘p foydalanilgani $100 ga ($13 mingdan $12,9 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $75 ga ($14,1 mingdan $14 mingga);
- Cobalt: kam foydalanilgani $144 ga ($12,7 mingdan $12,6 mingga);
- Nexia: o‘rtacha foydalanilgani $100 ga ($11 mingdan $10,9 mingga);
- Spark: ko‘p foydalanilgani $100 ga ($8,9 mingdan $8,8 mingga);
- Damas: ko‘p foydalanilgani $200 ga ($7,2 mingdan $7 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($7,8 mingdan $7,6 mingga), kam foydalanilgani $50 ga ($8,1 mingdan $8 mingga).
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi esa quyidagicha o‘zgardi:
- Equinox: kam foydalanilgani $1 166 ga ($34,7 mingdan $33,5 mingga);
- Malibu: kam foydalanilgani $750 ga ($31,3 mingdan $30,5 mingga); o‘rtacha foydalanilgani $1 450 ga ($30 mingdan $28,5 mingga);
- Tracker: o‘rtacha foydalanilgani $300 ga ($17,3 mingdan $17 mingga), kam foydalanilgani $175 ga ($18,6 mingdan $18,4 mingga) arzonlashgan.
Shuningdek, Equinox’ning o‘rtacha foydalanilgani aprel oyiga nisbatan $700 ga ($29,8 mingdan $30,5 mingga), ko‘p foydalanilgani $200 ga ($26 mingdan $26,2 mingga) qimmatroq taklif etilgan bo‘lsa, ko‘p foydalanilgan Tracker ($16 ming) narxida o‘zgarish kuzatilmadi.
Elektromobillar narxi
Mazkur davrda o‘rtacha foydalanilgan BYD Song Plus EV Champion $150 ga ($26,4 mingdan $26,2 mingga) arzonlashgan bo‘lsa, boshqa elektromobillar o‘rtacha narxi:
-
BYD Han: o‘rtacha foydalanilgani $2 000 ga ($32 mingdan $34 mingga), yangisi $1 100 ga ($31,9 mingdan $33 mingga);
-
BYD Song Plus EV Champion: yangisi $1 100 ga ($27,8 mingdan $28,9 mingga);
-
BYD Yuan Up: o‘rtacha foydalanilgani $850 ga ($19,3 mingdan $20,2 mingga), yangisi $406 ga ($20,5 mingdan $20,9 mingga) qimmatlashdi.
Xorijiy avtomobillar narxi
May oyida xorijiy avtomobillar narxi sezilarli darajada arzonlashdi:
-
Kia Carnival: ko‘p foydalanilgani $3 500 ga ($36 mingdan $32,5 mingga), kam foydalanilgani $2 028 ga ($47 mingdan $45 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $1 000 ga ($46 mingdan $45 mingga);
-
Kia Sorento: ko‘p foydalanilgani $2 100 ga ($35,3 mingdan $33,2 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $1 700 ga ($38 mingdan $36,3 mingga);
-
Kia K5: kam foydalanilgani $2 777 ga ($32 mingdan $29,2 mingga), ko‘p foydalanilgani $350 ga ($25,3 mingdan $25 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $150 ga ($27,2 mingdan $27 mingga);
-
Kia Sportage: ko‘p foydalanilgani $2 250 ga ($28,5 mingdan $26,3 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $200 ga ($30 mingdan $29,8 mingga);
-
Hyundai Elantra: ko‘p foydalanilgani $1 000 ga ($21 mingdan $20 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $301 ga ($21,2 mingdan $20,9 mingga);
-
Kia Seltos: ko‘p foydalanilgani $1 000 ga ($23 mingdan $22 mingga), o‘rtacha foydalanilgani $409 ga ($24,9 mingdan $24,4 mingga) arzonlashdi.
Shuningdek, kam foydalanilgan Elantra $116 ga ($24,1 mingdan $24,2 mingga) va Sorento $1 250 ga ($43,3 mingdan $44,5 mingga) qimmatlashdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ