Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgaradi

Energetika vazirligi gaz narxlari 1-martdan oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Energetika vazirligi O‘zbekistonda 1-martdan gaz narxi oshirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Vazirlik ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni inkor etib, to‘lovlar eski tarifda amalga oshirilishini, biroq 1-martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy meʼyor o‘zgarganini bildirdi.

Isitish mavsumida gaz bo‘yicha bazaviy me’yor 5 barobarga oshirilgandi

O‘zbekistonda isitish mavsumida tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha bazaviy me’yor 100 metr kubdan 500 kub metrga oshirilgan edi. Noyabr-fevral oylarida har bir oy uchun 500 kub metrgacha, mart-oktyabr oylarida esa har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” belgilangandi. Bu tartib Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida oktyabr-fevral oylarida amal qiladi. Shu sababli 2026-yil 1-martdan 31-oktyabrga qadar har oy uchun 100 kub metrgacha “bazaviy meʼyor” amal qiladi.

Ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya beriladi.

Prezidenti qarorlariga asosan ehtiyojmand oilalarga ishlatilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan har oyda kompensatsiya beriladi. Kompensatsiya elektr energiyasi uchun — oyiga bazaviy me’yordan ortiq (200 kVt/soatdan keyingi) 150 kVt/soatgacha, Tabiiy gaz uchun — qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan qismi uchun beriladi.

Ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi yil davomida har oyda berilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi
/
Jahon bozorida neft narxi $82 barrel darajasidan oshdi
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
/
Jahon banki Markaziy Osiyo uchun $3,2 mln miqdorida grant ajratadi
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda
/
“Solfy” O‘zbekiston Milliy banki bilan hamkorlik bekor qilinganini sud tartibida ko‘rib chiqmoqda