O‘zbekistonda muammoli kreditlar hajmi 24,3 trln so‘mdan oshdi
Davlat banklarida NPL ulushi 4,6% darajasida qolgan, xususiy banklarda esa 0,1% ga yuqorilagan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2025-yil 1-mart holatiga O‘zbekiston banklarida muammoli kreditlarning (NPL) umumiy hajmi 24,3 trln so‘mni tashkil etib, kredit portfeli umumiy hajmining 4,5% ini tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Davlat banklarida bunday kreditlar ulushi o‘tgan oydagidek 4,6% ligacha qolgan bo‘lsa, xususiy banklarda esa 4,2% dan 4,3% gacha oshgan.
Davlat banklarida muammoli kreditlar miqdori 17,01 trln so‘mni tashkil etdi. Ularda NPLning eng yuqori darajasi “Biznesni rivojlantirish banki”da qayd etilgan — 9,0%, undan keyingi o‘rinlarni “Mikrokreditbank” 6,9%, “Agrobank” va “Asaka bank” 4,7% bilan egallagan.
Xususiy banklarda muammoli kreditlarning eng yuqori foizi “Garant Bank”da 21,7%, undan keyin “AVO Bank” 12,9%, uchinchi o‘rinda esa “Madad Invest Bank”da — 11,0% bilan kelmoqda.
Kredit portfelining umumiy hajmi fevral oyidagi 533,989 trln so‘mdan 1-martda 540,022 trln so‘mga oshdi. Ushbu mablag‘larning 370,6 trln so‘mi davlat banklari kreditlari, 169,3 trln so‘mi esa xususiy banklar kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ