O‘zbekistonda avtomobil savdosi 3% ga kamaydi
Mart oyida yangi avtomobillar kamroq sotilgan, ammo inomarka va ikkilamchi elektromobil savdosi yuqorilagan

Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
Joriy yilning mart oyida O‘zbekistonda avtotransport vositalari savdosi 3% ga qisqarib, 76,8 ming donani tashkil etdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lum qilmoqda.
Yengil avtomobillar sotilishi hajmi 3,4% ga kamayib, 65 ming donaga yetdi.
Birlamchi bozor
Oy davomida mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 6 foizga pasayib, 22,4 mingtani tashkil etdi. Shu bilan birga, yillik ko‘rsatkichda faollikning 3% ga o‘sganligi qayd etildi.
Chet el avtomobillari
Xorijda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar segmenti o‘sishda davom etmoqda: mart oyida sotuvlar 28% ga ko‘payib, 2,7 ming donaga yetdi. Yillik taqqoslashda o‘sish birmuncha sekinroq bo‘lib, 13% ni tashkil etdi.
Ikkilamchi bozor
Mart oyida ikkilamchi bozorda sotuvlar 2% ga, 42,5 ming donagacha biroz pasaydi. Shu bilan birga, ishlatilgan elektromobillar bozori ishonchli o‘sishni namoyish etdi: sotuvlar 10% ga, 1,8 ming donagacha ko‘paydi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan uch baravar ko‘p hisoblanadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ