O‘zbekistonda raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 112 mingdan oshdi  

Ayni vaqtda tizimda 754 ta ishlab chiqaruvchi va 2 841 ta importyor ishtirok etmoqda

O‘zbekistonda raqamli markirovkalangan mahsulotlar soni 112 mingdan oshdi  

2025-yilning 1-aprel holatiga Markirovkalangan mahsulotlar milliy katalogiga 112,3 mingta nomdagi mahsulotlar kiritildi. 

Raqamli markirovka tizimida 754 ta ishlab chiqaruvchi va 2 841 ta importyor ishtirok etmoqda.

Raqamli markirovka — ayrim turdagi mahsulotlarni isteʼmol qadog‘iga markirovka kodi asosida yaradilgan identifikatsiyalash vositalarni (Data Matrix) qo‘llash jarayoni hisoblanadi. 

O‘zbekistonda raqamli markirovkalash tizimi joriy etilgan mahsulotlar: 

  • Tamaki mahsulotlari — 2021-yil 1-yanvardan;
  • Alkogol mahsulotlari — 2021-yil 1-yanvardan;
  • Pivo mahsulotlari — 2021-yil 1-aprel;
  • Maishiy texnika mahsulotlari — 2022-yil 15-aprel;
  • Dori vositalari va tibbiy buyumlar — 2022-yil 1-sentabr; 
  • Suv va salqin ichimliklar — 2024-yil 1-mart.

O‘zbekistonda yanvar oyida ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimi joriy qilindi. Unga ko’ra, mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan baholanadi.

Shuningdek, 1-maydan o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni markirovkalash boshlanadi. Keyingi yildan boshlab esa ushbu mahsulotlarni raqamli markirovkalash majburiy bo‘ladi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi