O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida 10 ta bankni jarimaga tortdi

Bundan tashqari, bitta to‘lov tizimi operatori ogohlantirildi

O‘zbekiston Markaziy banki yanvar oyida 10 ta bankni jarimaga tortdi

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025-yil yanvar oyida 9 ta yig‘ilish o‘tkazilib, ularda 44 ta masala ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhokamalarning aksariyati ro‘yxatdan o‘tkazish va litsenziyalash masalalariga taalluqli bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishda kredit tashkilotlarining ustavlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (7 ta), yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga qo‘yish (11 ta), kredit tashkilotlarining ustav kapitalidagi ulushlarga egalik qilishga ruxsatnoma berish (2 ta) kabi 36 ta masala ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, banklarda audit o‘tkazish huquqini beruvchi bitta auditor malaka sertifikati berildi. Tijorat banklarida asosiy lavozimlarga, jumladan, kuzatuv kengashlari va boshqaruv a’zolari hamda boshqa ahamiyatli xodimlarga nomzodlar qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqildi (14 ta holat).

Bundan tashqari, “Start Kapital Invest” kredit tashkilotini tugatish jarayoni yakunlandi, shundan so‘ng, u Kredit tashkilotlarining davlat reyestridan chiqarildi.

Bundan tashqari, yig‘ilishlarda kredit tashkilotlarining moliyaviy holati bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Xususan, Markaziy bank me’yoriy talablarining bajarilishi, tijorat banklari, mikromoliya va to‘lov tashkilotlarini tekshirish natijalari, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi Qonunga rioya etilishi tahlil qilindi. Sohada jami 8 ta masala ko‘rib chiqildi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qonunbuzarliklar aniqlanib, bir qator choralar ko‘rildi. To‘lov tizimi operatorlaridan biri Markaziy bank ko‘rsatmalari va qonunchilik talablariga rioya etmagani uchun sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan. Aniqlangan qoidabuzarliklar uchun 10 ta bankka nisbatan jarimalar qo‘llanildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
/
Mubadala va TAQA Tolimarjon IESning 80% ulushini sotib oldi
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi qariyb 75 trln so‘mga yetdi
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM
/
YouTube orqali o‘zbekistonliklar yiliga $50 mln daromad topishi mumkin — ITIM