O‘zbekiston Markaziy banki mikroqarzlar berishni cheklashni rejalashtirmoqda

Ularning ulushi, xuddi avtokreditlar kabi, 25% dan oshmasligi lozim

O‘zbekiston Markaziy banki mikroqarzlar berishni cheklashni rejalashtirmoqda

Markaziy bank mikroqarzlar berish ustidan nazoratni kuchaytirmoqchi. Bu haqda 25-fevral kuni bo‘lib o‘tgan media muloqotda Kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish metodologiyasi departamenti direktori Sanjar Nosirov ma’lum qildi.

Regulyator ma’lumotlariga ko‘ra, mikroqarzlardan foydalangan fuqarolar soni o‘sishda davom etmoqda. O‘tgan yilning birinchi yarmida bu ko‘rsatkich 2 mln kishidan oshgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 2,5 mln. Bir qarz oluvchiga o‘rtacha 1,6 ta mikroqarz to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, banklar portfelida mikroqarzlar va avtokreditlar ulushining sezilarli darajada oshishi kuzatilmoqda, bu esa xatarlar konsentratsiyasini oshiradi. Ushbu kredit turlarining yuqori o‘sish sur’atlari, qarz oluvchilarning beqaror daromadlari va avtomobil narxlarining pasayishi bank tizimining barqarorligini zaiflashtirishi mumkin.

Sanjar Nosirov bank tizimining barqarorligini saqlab qolish uchun chakana kreditlashning haddan tashqari o‘sishini oldini olish imkonini beradigan makroprudensial vositalarni joriy etish zarurligini ta’kidladi.

Shu nuqtayi nazardan, Markaziy bank tijorat banklarining kredit portfelida avtokreditlar kabi mikroqarzlarning cheklangan ulushini 25% darajasida belgilashni rejalashtirmoqda. Ushbu yondashuv Xitoy va Hindiston kabi boshqa mamlakatlar tajribasiga asoslangan.

Hozirda beshta bankda mikroqarzlar ushbu chegaradan oshgan, ulardan uchtasi bozorning yangi ishtirokchilaridir. Ularning kredit portfeli oshishi bilan mikroqarzlar ulushi kamayishi kutilmoqda. Qolgan ikkita bank bilan muzokaralar olib borildi va ularga kreditlash tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish uchun vaqt berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
/
2030-yilgacha Toshkent metrosi tarmogʻi 100 kmga yetkaziladi
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
/
O‘zbekistonda yirik AES quvvatini 2040-yilgacha 4 GVt ga yetkazish rejalashtirilmoqda
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi
/
Namanganda $750 mlnlik China Town Namangan majmuasi qurilishi boshlandi